«Roma» Crysencio Summerville uchun yangi taklif tayyorlamoqda
«Roma» Crysencio Summerville uchun taklifini oshirmoqchi. Futbolchi uchun «Aston Villa» va Saudiya klublari ham kurashmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Roma» Crysencio Summerville uchun taklifini oshirishga tayyor. «West Ham» avvalroq 40 million yevro va 5 million yevro bonus ko'rinishidagi taklifni rad etgan edi. Shu bois, «jallorossi» ingliz klubi talablarini qondirish uchun yangi taklif tayyorlamoqda.
Romano shuningdek, «Roma» tezroq harakat qilishi kerakligini ta'kidlaydi, chunki futbolchiga «Aston Villa» va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda. Agar «Roma» niderlandiyalik futbolchini qo'lga kiritmoqchi bo'lsa, raqobatchilardan o'zib ketishi kerak.
Il Romanista jurnalisti Daniele Lo Monako yozishicha: «Bugun yarim tungacha taxminan 47 million yevro miqdoridagi tovon puli o'z kuchiga kiradi va «Roma» kelgusi kunlarda narx oshib ketmasligi uchun ushbu banddan foydalanishga qaror qildi».
«Hujumchi klub bilan besh yillik shartnoma imzolaydi, uning yillik maoshi 4 million yevrodan kam bo'ladi. Bu yangi sport direktori Toni D'Amiko uchun ilk yirik xarid bo'ladi. Kelishuv bugun kechqurungacha rasmiylashtiriladi».