«Atletik» Bilbao Emerik Laportning «Barselona»ga o'tishi haqidagi xabarlarni rad etdi
«Atletik» Bilbao sport direktori Mikel Gonsales Emerik Laportning «Barselona»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
🚨 «Atletik» Bilbao sport direktori Mikel Gonsales Emerik Laportning transferi borasida «Barselona»dan hech qanday taklif kelib tushmaganini ma'lum qildi:
«Biz «Barselona»dan Emerik Laportning transferi bo'yicha hech qanday murojaat yoki taklif olganimiz yo'q.
Hozirgi vaqtda klublar o'rtasida hech qanday muzokara yo'q, OAVda chiqayotgan xabarlar esa shunchaki mish-mishlar.
Laport yangi mavsumdagi loyihamizning asosiy o'yinchilaridan biri, shuning uchun biz uning ketishini ko'rib chiqmayapmiz.
U klubimizda o'ynashda davom etadi va bu transfer oynasida jamoani tark etmaydi, chunki biz uni o'rnini to'ldirib bo'lmaydigan futbolchi deb bilamiz».