🚨 «Atletik» Bilbao sport direktori Mikel Gonsales Emerik Laportning transferi borasida «Barselona»dan hech qanday taklif kelib tushmaganini ma'lum qildi:
«Biz «Barselona»dan Emerik Laportning transferi bo'yicha hech qanday murojaat yoki taklif olganimiz yo'q.
Hozirgi vaqtda klublar o'rtasida hech qanday muzokara yo'q, OAVda chiqayotgan xabarlar esa shunchaki mish-mishlar.
Laport yangi mavsumdagi loyihamizning asosiy o'yinchilaridan biri, shuning uchun biz uning ketishini ko'rib chiqmayapmiz.
U klubimizda o'ynashda davom etadi va bu transfer oynasida jamoani tark etmaydi, chunki biz uni o'rnini to'ldirib bo'lmaydigan futbolchi deb bilamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!