Matye Lui-Jan: «Lion» o'yinchilarni sotish va hujumchi izlash ustida ishlamoqda
«Lion» klubi vakili Matye Lui-Jan tarkibni optimallashtirish va yangi hujumchi izlash jarayoni haqida gapirdi.
«Lion» klubi tarkibni tozalash va markaziy hujumchi masalasini hal qilish ustida ishlamoqda. Matye Lui-Jan Le Progrès nashriga Germaniyada bergan intervyusida quyidagilarni ta'kidladi:
Sizda hamon o'yinchilar soni juda ko'p. Hozir qaysi bosqichdasiz?
🎙️ Matye Lui-Jan: «Ha, biz buni bilamiz. Ketishlar bo'ladi. Biz transfer bozorida chiqishlar ustida ishlayapmiz. Shundan keyin yangi xaridlar ham amalga oshiriladi».
Jamoaga markaziy hujumchi yetishmayapti. Bu murakkab masala bo'lyaptimi?
🎙️ Matye Lui-Jan: «Yo'q. Lekin bu faqat bizga tegishli emas: hozirgi paytda markaziy hujumchi pozitsiyasi transfer bozoridagi eng qiyin masala. Shunga qaramay, biz bu yo'nalishda yaxshi siljishga erishyapmiz».