«Lion» klubi tarkibni tozalash va markaziy hujumchi masalasini hal qilish ustida ishlamoqda. Matye Lui-Jan Le Progrès nashriga Germaniyada bergan intervyusida quyidagilarni ta'kidladi:
Sizda hamon o'yinchilar soni juda ko'p. Hozir qaysi bosqichdasiz?
🎙️ Matye Lui-Jan: «Ha, biz buni bilamiz. Ketishlar bo'ladi. Biz transfer bozorida chiqishlar ustida ishlayapmiz. Shundan keyin yangi xaridlar ham amalga oshiriladi».
Jamoaga markaziy hujumchi yetishmayapti. Bu murakkab masala bo'lyaptimi?
🎙️ Matye Lui-Jan: «Yo'q. Lekin bu faqat bizga tegishli emas: hozirgi paytda markaziy hujumchi pozitsiyasi transfer bozoridagi eng qiyin masala. Shunga qaramay, biz bu yo'nalishda yaxshi siljishga erishyapmiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!