Levi Colwill: "Jarohatdan so'ng kuchliroq qaytdim"
Levi Colwill "Western Sydney Wanderers"ga qarshi o'yin oldidan o'tgan mavsumdagi jarohati, tiklanish jarayoni va yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Levi Colwill "Western Sydney Wanderers"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida futbolchining asosiy fikrlari:
🗣️ O'tgan yozdagi xochsimon bog'lamlar jarohati haqida:
Bu mavsumoldi tayyorgarligining ilk mashg'ulotida sodir bo'lgandi. Buni qabul qilish va anglash juda qiyin kechdi, ammo men har bir voqea bejiz emasligiga ishonaman, shu bois kuchli bo'lishga harakat qildim.
Yigitlarning har kuni maydonda shug'ullanayotganini ko'rish menga og'ir botardi, ammo endi qaytdim. O'zimni ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan kuchliroq his qilyapman, yaxshiroq holatdaman.
🗣️ Yangi mavsumdagi maqsadlar haqida:
Oldimga shaxsiy maqsadlarni qo'ydim. Bu yil o'yinimni yangi bosqichga olib chiqmoqchiman. Meni chempionatdagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri deb bilishlarini istayman.
O'tgan mavsumning so'nggi uchta o'yinida bunga qodirligimni ko'rsatdim deb o'ylayman. Umid qilamanki, bu yil jamoamga yordam bera olaman va ularni ortimdan ergashtira olaman.
🗣️ O'tgan mavsumdagi qiyinchiliklar haqida:
Maydondagi vaziyatni o'zgartirish uchun hech narsa qila olmasangiz, o'zingizni ojiz his qilasiz. Men ham buni his qildim.
Bu keskin pasayish edi: klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibligidan xochsimon bog'lamlar jarohatigacha. Bu hamma narsani, g'alabalardan olinadigan zavqni va yaxshi formangizni yo'qqa chiqaradi. Siz uzoq vaqtga ko'zdan g'oyib bo'lasiz.
Ammo ijobiy fikrlash muhim. O'zingizga va jarayonga ishonishingiz kerak. Men shunday qildim.
🗣️ Xabi Alonso haqida:
U xohlayotgan futbol ijodkorlik, hujumkor harakatlar va to'pning erkin harakatlanishiga asoslangan. O'ylayman-ki, ertaga buni o'zingiz ham ko'rasiz.
Shunday darajadagi murabbiy bilan barchasi o'z o'rniga tushgach, biz APLda kurashishga va g'alaba qozonishga qodir bo'lamiz.