Xulian Alvares «Atletiko»dan norozi
Leo Paradiz xabariga ko'ra, Xulian Alvares «Atletiko Madrid» rahbariyatidan norozi. Futbolchi va uning atrofidagilar klub va'dasini bajarmaganini ta'kidlashmoqda.
🛑 Leo Paradiz xabariga ko'ra, Xulian Alvares va uning atrofidagilar «Atletiko Madrid» tomonidan aldanganliklarini his qilishmoqda. Ular klub futbolchining ketishiga yordam berish bo'yicha bergan va'dasini bajarmadi, deb hisoblashadi.
Bundan tashqari, ularga «Atletiko Madrid» rahbariyatining futbolchi kelajagini aynan jahon chempionati finali oldidan ommaviy muhokama qilgani ham yoqmagan.