Maksans Lakrua «Kristal Pelas»ni tark etdi
Maksans Lakrua «Kristal Pelas»dagi ikki yillik faoliyatini yakunladi. Himoyachi jamoa bilan uchta sovrin yutib, klub tarixidan joy oldi.
Maksans, hammasi uchun rahmat… Sen chinakam yetakchi, himoyadagi namuna eding va balki vaqt o'tib, seni «Kristal Pelas» afsonasi sifatida tilga olarmiz… 🫡
Ikki yillik sarguzasht uchun rahmat. Sen va jamoa tarixda ilk sovrinni, keyin esa yana ikkitasini qo'lga kiritdingiz. «Burgutlar» libosida o'tkazilgan 98 ta o'yin va klubga keltirilgan 34 million funt sterlinglik foyda uchun minnatdormiz. 👏