Konor Bredlining jarohati haqida yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi
Kris Uilyams ma'lumotlariga ko'ra, Konor Bredlining tizza jarohati kutilganidan ham jiddiyroq bo'lib chiqdi.
Kris Uilyams, may oyi oxirida Bredlining jarohati og'ir oqibatlarga olib kelishi haqida yozgan jurnalist, Irlandiya futbol assotsiatsiyasiga tayanib, Konorda tizza qopqog'i parchalanishi kuzatilganini ta'kidlamoqda. Bu tiklanish jarayoni nega bunchalik sekin kechayotganini tushuntiradi.
Albatta, bu ma'lumot 100 foiz aniq emas, biroq Uilyams tajribali jurnalist hisoblanadi va uning «Liverpul» atrofida o'z manbalari saqlanib qolgan bo'lishi mumkin, shuning uchun buni inobatga olish kerak.
Har holda, Iraola jarohatdan tiklanish uchun oylar kerakligini aytib o'tdi, mavsumni esa Frimpong va Remzi kabi o'ng qanot himoyachilari bilan boshlash shubhali ko'rinmoqda.