#Jek Lasbi — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Jeyden Danns "Liverpul"ning mavsumoldi tayyorgarligida qatnashmayapti

Jeyden Danns "Liverpul"ning mavsumoldi tayyorgarligida qatnashmayapti

Jeyden Danns jarohati sababli "Liverpul"ning asosiy tarkibi bilan mashg'ulotlarda qatnashmayapti. Uning AQSHdagi turnega borishi so'roq ostida.

Jek Lasbi xabariga ko'ra, Jeyden Danns hozircha "Liverpul"ning asosiy tarkibi bilan mavsumoldi tayyorgarligida ishtirok etmayapti. U avvalroq U21 jamoasi bilan mashg'ulotlarda qatnashgan bo'lsa-da, klubdagilar sentyabr oyida jarohat olgan son mushaklari tufayli futbolchini ehtiyot qilishmoqda.

Jeydenning jamoa bilan AQSHdagi turnega yo'l olishi hozircha noma'lum.

O'ng ustun yangiliklari

Ifeani Ndukve ijara asosida Yevropa klublariga o'tishi mumkin

Ifeani Ndukve ijara asosida Yevropa klublariga o'tishi mumkin

«Liverpul» himoyachisi Ifeani Ndukve Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsatnoma ololmagani sababli, yozda Yevropa klublaridan biriga ijaraga berilishi mumkin.

Jek Lasbi xabariga ko'ra, ko'plab Yevropa klublari Ifeani Ndukveni ijara asosida o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Eslatib o'tamiz, avstriyalik himoyachi Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsatnoma ololmagani sababli, kelasi mavsumda «Liverpul» safida maydonga tusha olmaydi.

Jurnalistning qayd etishicha, himoyachi bilan bog'liq dastlabki rejaga ko'ra, u olti oy davomida asosiy jamoa bilan shug'ullanishi va shundan so'ng ijaraga ketishi ko'zda tutilgan edi. Hozirda esa ikkinchi variant ustuvor ahamiyat kasb etmoqda va klub Bundesligaga o'xshash kuchli beshlik chempionatlaridagi jamoalarga imtiyoz berishni rejalashtirmoqda.