#Ifeani Ndukve — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Ifeani Ndukve ijara asosida Yevropa klublariga o'tishi mumkin

Ifeani Ndukve ijara asosida Yevropa klublariga o'tishi mumkin

«Liverpul» himoyachisi Ifeani Ndukve Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsatnoma ololmagani sababli, yozda Yevropa klublaridan biriga ijaraga berilishi mumkin.

Jek Lasbi xabariga ko'ra, ko'plab Yevropa klublari Ifeani Ndukveni ijara asosida o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Eslatib o'tamiz, avstriyalik himoyachi Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsatnoma ololmagani sababli, kelasi mavsumda «Liverpul» safida maydonga tusha olmaydi.

Jurnalistning qayd etishicha, himoyachi bilan bog'liq dastlabki rejaga ko'ra, u olti oy davomida asosiy jamoa bilan shug'ullanishi va shundan so'ng ijaraga ketishi ko'zda tutilgan edi. Hozirda esa ikkinchi variant ustuvor ahamiyat kasb etmoqda va klub Bundesligaga o'xshash kuchli beshlik chempionatlaridagi jamoalarga imtiyoz berishni rejalashtirmoqda.