Janluiji Donnarumma "Inter"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi
Janluiji Donnarumma Chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester Siti" - "Inter" uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Janluiji Donnarumma "Manchester Siti"ning "Inter"ga qarshi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Yana ba'zi jamoadoshlarim va do'stlarim bilan ko'rishaman. Biz tez-tez aloqada bo'lib turamiz, shuning uchun "Inter" kabi buyuk klubga qarshi o'ynash har doim yoqimli".