Issa Diop "Fulxem"ni tark etib, "Ipsvich Taun"ga o'tdi
Issa Diop "Fulxem" bilan xayrlashdi. Himoyachi faoliyatini "Ipsvich Taun"da davom ettiradi.
🔚 Klub Issa Diopning "Ipsvich Taun"ga o'tganini tasdiqladi. Transfer summasi oshkor qilinmagan.
📅 Markaziy himoyachi to'rt yillik faoliyatidan so'ng klubni tark etmoqda. U "Fulxem" safida 96 ta o'yinda maydonga tushib, o'zining professionalligi va ishonchli o'yini bilan ajralib turdi.
🗣 Issa Diop:
"Fulxem"dagi barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Har kuni shunday ajoyib jamoadoshlar, murabbiylar va xodimlar bilan ishlash imkoniyati berilganidan xursandman.
Shuningdek, shu yerda bo'lgan vaqtimda qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham tashakkur aytaman – bu men uchun doimo katta ahamiyatga ega bo'lgan. Biz erishgan yutuqlar va yaratgan xotiralarimdan faxrlanaman hamda "Fulxem" kelgusida ham muvaffaqiyatlarga erishishini tilab qolaman.
Rahmat, "Fulxem"!"