🔚 Klub Issa Diopning "Ipsvich Taun"ga o'tganini tasdiqladi. Transfer summasi oshkor qilinmagan.
📅 Markaziy himoyachi to'rt yillik faoliyatidan so'ng klubni tark etmoqda. U "Fulxem" safida 96 ta o'yinda maydonga tushib, o'zining professionalligi va ishonchli o'yini bilan ajralib turdi.
🗣 Issa Diop:
"Fulxem"dagi barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Har kuni shunday ajoyib jamoadoshlar, murabbiylar va xodimlar bilan ishlash imkoniyati berilganidan xursandman.
Shuningdek, shu yerda bo'lgan vaqtimda qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham tashakkur aytaman – bu men uchun doimo katta ahamiyatga ega bo'lgan. Biz erishgan yutuqlar va yaratgan xotiralarimdan faxrlanaman hamda "Fulxem" kelgusida ham muvaffaqiyatlarga erishishini tilab qolaman.
Rahmat, "Fulxem"!"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!