Arsenal Gabriel Martinelli uchun takliflarni ko'rib chiqishga tayyor
Arsenal Gabriel Martinelli bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Shuningdek, jamoa Ben Uayt va Yurrien Timberning tiklanishini kutmoqda.
🚨 iamAlexHowell xabariga ko'ra, "Arsenal" Gabriel Martinelli bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Uning Braziliya terma jamoasi safida markaziy hujumchi pozitsiyasidagi o'yinlari futbolchining universal ekanligini hamda nafaqat odatiy chap qanotda, balki boshqa hududlarda ham harakat qila olishini ko'rsatib berdi.
Bu holat futbolchining transferiga qiziqish bildirayotgan klublar e'tiborini tortishi mumkin.
"Arsenal"da Ben Uayt mavsum boshiga qadar safga qaytishiga umid qilishmoqda. Shuningdek, Yurrien Timber ham tiklanib ulgurishi kutilmoqda. ✅