Hamza Abdelkarim «Barselona»ning asosiy tarkibiga yaqinlashmoqda
«Birmingem Siti»ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan Hamza Abdelkarim «Barselona»ning asosiy tarkibidan joy olishga yaqin turibdi.
SPORT xabariga ko'ra, Hamza Abdelkarim «Birmingem Siti»ga qarshi o'yinda dubl qayd etganidan so'ng, «Barselona» asosiy tarkibidan joy olish uchun asosiy nomzodlardan biriga aylandi.
Hujumchi mavsumoldi tayyorgarligiga qo'shilish uchun ta'tildan voz kechdi va endi birinchi jamoa ixtiyorida qoladi. Xansi Flik futbolchining kamtarligi, fidoyiligi, shiddati va jarima maydonchasidagi tabiiy gol urish qobiliyatidan hayratda qoldi.