Biz oʻziga xos jamoamiz. Ishoning, biz haqiqatan ham boshqachamiz. Biz imkoniyatlar chegarasidan ham oshib ketamiz va muxlislarimiz bizga tarix yaratishda yordam beradi.
Lionel Skaloni:
«Biz oʻziga xos jamoamiz. Ishoning, biz haqiqatan ham boshqachamiz. Biz imkoniyatlar chegarasidan ham oshib ketamiz va muxlislarimiz bizga tarix yaratishda yordam beradi.»
«Bu futbolchilarni soʻz bilan ta'riflab boʻlmaydi.»
«Bu jamoa eng qiyin vaziyatlarda yanada kuchliroq oʻynaydi. Qon hidini sezganimizda, biz yana bir pogʻona yuqori darajaga chiqamiz.»
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi futbolchisi Mubinaxon Baxtiyorova o‘tgan uchrashuvdagi taassurotlari va golli uzatmasi haqida gapirdi.
📌 Bugungi o‘yin qahramonlaridan biri Mubinaxon Baxtiyorova O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga kichik intervyu berdi.
— Bugungi o‘yin haqida fikringiz qanday?
— Bugungi uchrashuv juda hissiyotlarga boy o‘tdi. Sog‘lig‘im bilan bog‘liq ayrim muammolar bo‘lgani sababli o‘yin men uchun oson kechmadi. Shu sabab asosiy tarkibda maydonga chiqmadim. Lekin, murabbiylar menga ishonch bildirib imkoniyat berishdi. Maydonga tushganimdan so‘ng jamoamga imkon qadar ko‘proq foyda keltirishga va ijobiy natijaga hissa qo‘shishga harakat qildim.
— Golli uzatmangiz haqida nima deya olasiz?
— O‘sha vaziyatda dastlab o‘zim zarba berishni o‘ylagandim. Ammo diagonal tomonda Mehrangiz Hamidova qulayroq holatda pas so‘raganini ko‘rdim. Vaziyatni to‘g‘ri baholab, unga uzatma berishga qaror qildim. Yaxshiyamki, bu qaror o‘zini oqladi va golli uzatma amalga oshdi.