Football Insider xabariga ko'ra, "Udineze" Umar Sole uchun narxni 20 million funtgacha tushirdi. Futbolchi uchun "Lids", "Inter" va "Yuventus" da'vogarlik qilmoqda.
Football Insider nashri jurnalisti Pit O'Rurk xabariga ko'ra, "Udineze" Umar Sole uchun so'ralayotgan narxni 20 million funt sterlinggacha tushirdi.
"Lids" 26 yoshli markaziy himoyachi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda, biroq futbolchiga "Inter" va "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Agar ushbu jamoalardan biri aniq qadamlar tashlasa, "oqlar" uchun fransiyalik futbolchi uchun bo'ladigan raqobatda g'olib chiqish qiyin kechadi.
Football Insider xabariga ko'ra, "Liverpul" "Roma" yarim himoyachisi Manu Koneni transfer qilishga qiziqish bildirmoqda.
"Manchester Yunayted" Manu Koneni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirayotgan yagona klub emas. Football Insider xabariga ko'ra, "Liverpul" ham fransiyalik yarim himoyachini o'z ro'yxatida birinchi o'ringa qo'ygan. Mersisaydliklar futbolchini jahon chempionatida kuzatishgan va "Roma"ga dastlabki taklifni yuborishga tayyor.
Rim klubi futbolchini 50-60 million yevroga baholamoqda va narxni tushirish niyatida emas.