Vinisius Junior «Real» bilan yangi shartnoma bo'yicha talablarini ma'lum qildi
Vinisius Junior «Real» bilan yangi shartnoma bo'yicha talablarini ma'lum qildi. U Kilian Mbappe bilan teng maosh olishni istamoqda.
📰 El Confidencial xabariga ko'ra, Vinisius «Real»dan yangi shartnoma bo'yicha yiliga taxminan 30 million yevro (maosh, imzolash bonusi va boshqa bonuslar) talab qilmoqda.
Braziliyalik futbolchi klubda qolishni istaydi, ammo u Kilian Mbappe bilan bir xil maosh olishga loyiq deb hisoblaydi. Uning fikricha, «Real» aynan u bilan birga Chempionlar ligasida ikki marta zafar quchgan, fransiyalik futbolchi bilan emas.
Biroq, Florentino Peres shartnomani uzaytirgani uchun katta miqdorda imzolash bonusi to'lash imkoniyatini ko'rib chiqmayapti.
📰 R. Martin (AS jurnalisti): «Men hali ham Vinisius yozda «Real»ni tark etishga qaror qilishini juda dargumon deb hisoblayman. Atigi 5 oydan so'ng, u yangi klub bilan juda foydali shartnoma imzolab va ulkan imzolash bonusini olib, katta daromad qilish imkoniyatiga ega bo'ladi»