Ektor Fort «Barselona»da qolmoqchi
Ektor Fort «Barselona»da qolishni va mavsumoldi tayyorgarlikda o'zini ko'rsatishni istamoqda. Himoyachi Xansi Flikning qarorini kutmoqda.
SPORT xabariga ko'ra, Ektor Fort «Barselona»da qolishni va mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida tarkibdagi o'rni uchun kurashishni istamoqda.
O'ng qanot himoyachisi «Elche»dagi ijaradan qaytdi va Xansi Flik uning roli borasida yakuniy qaror qabul qilmagunicha, boshqa variantlarni ko'rib chiqmoqchi emas.