RFEF «Barselona»ga nisbatan intizomiy ish ochdi
EFE Deportes xabariga ko'ra, RFEF «Barselona»ga nisbatan Xulian Alvares bilan bog'liq vaziyat yuzasidan intizomiy ish ochdi.
EFE Deportes xabariga ko'ra, Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) «Barselona»ga nisbatan navbatdan tashqari intizomiy ish ochishga qaror qildi. Bunga kataloniyaliklarning «Atletiko Madrid» futbolchisi Xulian Alvares bilan noqonuniy aloqaga chiqqani gumon qilinayotgani sabab bo'lgan.
Qo'mita ushbu jarayonni nazorat qilish uchun tergovchi tayinladi va «Barselona»ni xabardor qildi. Endilikda klub o'z himoyasini taqdim etish imkoniyatiga ega.
Kataloniya klubi allaqachon shikoyatni qabul qilib olgan va hozirda RFEFdan javob qaytarish muddatini aniqlashtirishni kutmoqda.