Liverpul va Siti Pedru Netuga qiziqish bildirmoqda
DailyMail va Fabrisio Romano ma'lumotlariga ko'ra, Liverpul va Siti Pedru Netu transferi ustida ishlamoqda, biroq asosiy nishon Barkolya bo'lib qolmoqda.
DailyMail xabariga ko'ra, bozorda sifatli o'ng qanot vingerlari yetishmovchiligi fonida Liverpul va Siti Chelsi futbolchisi Pedru Netuga qiziqish bildirmoqda.
Biroq asosiy nomzod baribir Barkolya bo'lib qolmoqda. Fabrisio Romano tasdiqlashicha, fransiyalik futbolchi aynan Liverpulga o'tishni istaydi. Fabrisio transfer summasi hozirda so'ralayotgan narxdan pastroq bo'lishini kutmoqda.