Iosip Shutalo «Benfika» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi
CNN Portugal xabariga ko'ra, «Benfika» «Ayaks» himoyachisi Iosip Shutaloni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Iosip Shutalo «Benfika» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
CNN Portugal xabariga ko'ra, Portugaliya grandi xorvatiyalik futbolchini «Bornmut»ga o'tish arafasida turgan Antoniu Silva o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rmoqda.
Shutaloning sotilishi «Ayaks»ga yangi futbolchilarni xarid qilish uchun mablag' ajratish imkonini beradi.