Xans Kraay-kichik: "Ayaks" Yosip Shutalodan qutulishi kerak"
Eredivisie ↗ ●●●●● Matbuot 👁 12

Xans Kraay-kichik: "Ayaks" Yosip Shutalodan qutulishi kerak"

Xans Kraay-kichik:

"O'zingizga ma'lum, men Yosip Shutaloning muxlisi emasman. U to'p bilan ishlashda juda sust. Yuri Baasdan uzatma qabul qilganida, biror harakat qilishdan oldin to'pni uch marta to'g'irlab olishi kerak bo'ladi. "Ayaks"da uni shu odatdan xalos qila olishmagani hayratlanarli."
"Jordi Kroyff o'rnida bo'lganimda, Shutalo bo'yicha kelgan har qanday taklifni qabul qilgan bo'lardim. Shunda klub uning katta maoshidan qutulgan bo'lardi. Qolaversa, tarkibda Ko Itakura va Aaron Bauman bor - ular Shutalodan kuchliroq bo'lgan ikki o'ng markaziy himoyachi. Bauman hali ustida ishlashi kerakligini yaxshi tushunaman, ammo u hozirning o'zida Shutalodan yaxshiroq."
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!