Brayt Ede — «Deportivo» futbolchisi! 19 yoshli himoyachi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Barcha hujjatlar imzolandi. Shartnoma 2031-yilgacha mo‘ljallangan. «Deportivo» «Motor»ga 6 million € va yana oson bajariladigan bonuslar ko‘rinishida 1 million € to‘laydi.
✍️ Tomash Vlodarchik:
✅️ Brayt Ede — «Deportivo» futbolchisi! 19 yoshli himoyachi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Barcha hujjatlar imzolandi. Shartnoma 2031-yilgacha mo‘ljallangan. «Deportivo» «Motor»ga 6 million € va yana oson bajariladigan bonuslar ko‘rinishida 1 million € to‘laydi.
👁 So‘nggi pallada «Roma» futbolchini ilib ketishga urindi, biroq o‘sha vaqtda Ede allaqachon Ispaniyada edi.
👀 Himoyachiga bo‘lgan qiziqish bir yildan ortiq vaqt davomida saqlanib qoldi. 2025-yilning yozida u uchun «Chelsi»/«Strasburg» (muzokaralar ancha oldinga siljigan edi va Konferensiyalar ligasi finali vaqtida Vrotslavda bo‘lib o‘tgandi) hamda «Manchester Yunayted» kurash olib bordi, biroq futbolchining narxi juda yuqori bo‘lib chiqdi.
✍️ Qishda esa Ede bilan shartnoma imzolashga «Betis» tayyor edi va ular taxminan 5 million € taklif qilishgandi.
🧠 «Deportivo» qulay paytni kutdi: La Ligaga chiqish va badavlat egasining paydo bo‘lishi ushbu transferni amalga oshirish imkonini berdi. Avvalroq klubda bunday bitimni rasmiylashtirish uchun deyarli imkoniyat yo‘q edi. Futbolchining atrofidagilar uchun aynan Ispaniyada faoliyatini davom ettirish ustuvor vazifa bo‘lgan.