U-17 qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi qur'asi o'tkazildi
U-17 qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur'a tashlandi. O'zbekiston terma jamoasi H guruhidan o'rin oldi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan U-17 qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Qur'a natijalariga ko'ra, Mahliyo Sarikova boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi H guruhidan o'rin oldi. Guruhda o'smirlarimizga Bangladesh va Filippin terma jamoalari raqiblik qiladi.
Ma'lumot uchun, saralash uchrashuvlari joriy yilning oktabr oyida bo'lib o'tadi. H guruhi bahslariga O'zbekiston mezbonlik qiladi, bu esa yosh futbolchilarimizga o'z muxlislari qarshisida maydonga tushish imkoniyatini beradi.