Real Madrid Anxel Karvaxalni o'z safiga qaytardi
Real Madrid Valladolid hujumchisi Anxel Karvaxalni o'z safiga qaytarib oldi. 22 yoshli futbolchi avvalroq madridliklar akademiyasida tarbiyalangan.
Real Madrid Valladolid hujumchisi Anxel Karvaxalni o'z safiga qaytarib oldi. Madridliklar futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini to'lash orqali ushbu transferni amalga oshirishdi. Qizig'i shundaki, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi 2021-yildan 2025-yilgacha aynan qirollik klubi akademiyasida tarbiyalangan.
Ma'lumot uchun, Karvaxal joriy mavsumda Valladolidning asosiy jamoasi safida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 180 daqiqa harakat qildi va 1 ta gol urdi. Valladolid B jamoasi tarkibida esa u 32 ta o'yinda ishtirok etib, 2815 daqiqa davomida 20 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.