Real Madrid Valladolid hujumchisi Anxel Karvaxalni o'z safiga qaytarib oldi. Madridliklar futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini to'lash orqali ushbu transferni amalga oshirishdi. Qizig'i shundaki, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi 2021-yildan 2025-yilgacha aynan qirollik klubi akademiyasida tarbiyalangan.
Ma'lumot uchun, Karvaxal joriy mavsumda Valladolidning asosiy jamoasi safida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 180 daqiqa harakat qildi va 1 ta gol urdi. Valladolid B jamoasi tarkibida esa u 32 ta o'yinda ishtirok etib, 2815 daqiqa davomida 20 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!