Frenki de Yongning tiklanish jarayoni «Barselona»ni xavotirga solmoqda
«Barselona» Frenki de Yongning konservativ davolanishni tanlaganidan xavotirda. Klub tiklanish jarayoni Ansu Fati bilan bog'liq vaziyatni takrorlashidan qo'rqmoqda.
Sport xabariga ko'ra, «Barselona» Frenki de Yongning tiklanish jarayoni Ansu Fati bilan bog'liq vaziyatga o'xshab ketishidan xavotirda.
Garchi jarohatlar turlicha bo'lsa-da, klubda de Yongning jarrohlik amaliyoti o'rniga konservativ davolanishni tanlagani borasida xavotirlar mavjud.
Agar ushbu usul kutilgan natijani bermasa va yakunda baribir jarrohlik aralashuvi talab etilsa, «Barsa» tiklanish uchun qimmatli vaqt boy berilishidan xavfsiramoqda.