Real Madrid tibbiy shtabida o'zgarishlar amalga oshirilmoqda
O'tgan mavsumdagi jarohatlar ko'pligi sababli "Real Madrid" tibbiy shtabida katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yangi bosh shifokor tayinlandi.
The Athletic xabariga ko'ra, o'tgan mavsumda futbolchilarning ko'plab jarohat olgani sababli "Real Madrid" tibbiy shtabida qayta qurish ishlarini boshladi.
"Qirollik klubi"ning amaldagi bosh shifokori Mixich ushbu jarayonga boshchilik qiladi. Shuningdek, "Monako" shifokorlaridan biri Aleksandr Kreoz "Real" tibbiy xodimlar tarkibiga qo'shiladi. Doktorlar Segura va Arroyo esa klubni tark etishdi.
Marca nashrining yozishicha, o'z sohasidagi eng yaxshi mutaxassislardan biri sanalgan Kreoz "Real"ning yangi bosh shifokori bo'ladi. Klubdagilar u jamoadagi jarohatlar epidemiyasini bartaraf eta olishiga ishonishmoqda.