Bruno Gimarays uchun kurash: "Chelsi" ham da'vogarlar safida
Bruno Gimarays uchun kurash qizimoqda. "Arsenal"dan tashqari "Chelsi" ham braziliyalik yarim himoyachining transferi bilan qiziqmoqda.
Bruno Gimaraysning transferi atrofidagi vaziyat qiziqarli tus olmoqda. Ben Jeykobs xabariga ko'ra, "Arsenal" futbolchi uchun yana taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Garchi "Nyukasl" hozircha rasmiy muzokaralar bo'lmaganini ta'kidlayotgan bo'lsa-da, "kanonirlar" qiziqishni kuchaytirmoqda.
Aleks Goldberg ma'lumotiga ko'ra, Bruno vaziyatini o'rganayotgan ikkinchi klub bu — "Chelsi".