Adrien Rabiot o'z xizmatlarini «Real Madrid»ga taklif qildi
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Adrien Rabiot o'z xizmatlarini «Real Madrid»ga taklif qilgan.
📻 Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra: "So'nggi bir necha hafta ichida Rabiot o'z xizmatlarini "Madrid"ga taklif qildi".
Eslatib o'tamiz, OAV ma'lumotlariga ko'ra, Anchelotti "qaymoqranglilar" rahbariyatiga 31 yoshli yarim himoyachini 2024-yil yozida erkin agent sifatida tarkibga qo'shib olishni so'rab murojaat qilgan, biroq rad javobini olgan.
Fransiyalik futbolchining "Milan" bilan shartnomasi 2028-yilga qadar mo'ljallangan.