Sevilya futbolchilari safdan chiqdi
Torremolinosga qarshi o'yin oldidan Sevilya jamoasining 4 nafar futbolchisi jarohat oldi. Ular qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum qilindi.
Torremolinosga qarshi o'yin oldidan Sevilya jamoasining 4 nafar futbolchisi jarohat oldi:
• Markao o'ng oyog'i to'rt boshli mushagida shish aniqlangani sababli taxminan 10 kunga safdan chiqdi.
• Oso to'pig'idagi yengil cho'zilish tufayli o'yinni o'tkazib yubordi va kelasi hafta safga qaytishi kutilmoqda.
• Kastrin pubalgiya (qov sohasidagi surunkali og'riq) tashxisi bilan davolanmoqda. Uning maydonga qaytishi o'zini qanday his qilishiga bog'liq.
• Alfon o'ng oyog'i to'rt boshli mushagining uzilishi tufayli 6-8 haftaga safdan chiqdi.