Romario: «Valensiya» — Ispaniyadagi ikkinchi jamoam»
Braziliyalik afsonaviy hujumchi Romario «Valensiya»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
🗣️ Romario Iker Kasilyasga bergan intervyusida shunday dedi:
«Valensiya» — faoliyatim davomida to'p surgan eng muhim jamoalardan biri. U yerda men kutgan muvaffaqiyatga erisha olmadim. Hammasi men xohlagandek bo'lmadi.
Ammo klubda juda oz vaqt o'tkazgan bo'lsam-da, men uni hamon katta iliqlik bilan eslayman va har doim bu mening Ispaniyadagi ikkinchi jamoam ekanligini aytaman».