Bordalas Li Kan Inning sotib yuborilishi haqida gapirdi
Xose Bordalas "Valensiya"da ishlagan davrida Li Kan Inning klubdan ketishi haqidagi qarorga ta'sir o'tkaza olmaganini aytdi.
🗣 Bordalas:
Men kelganimda, menga Li Kan In allaqachon sotib bo'lingani va ketishi kerakligini aytishdi. U atigi ikki kun mashg'ulot o'tkazdi, lekin men yordamchilarimga u eng yaxshi o'yinchi ekanligini aytgandim. Uni nima uchun sotish kerakligi mutlaqo tushunarsiz edi. Menda na ovoz berish huquqi, na uning ketishi haqidagi qarorga ta'sir o'tkazish imkoniyati bor edi.