Sankxun Diavara — «Milan» futbolchisi
«Milan» «Trua»dan 19 yoshli fransiyalik himoyachi Sankxun Diavarani o'z safiga qo'shib oldi. Shartnoma 2031-yilga qadar imzolandi.
«Rossoneri» 19 yoshli fransiyalik himoyachi «Trua»dan xarid qilinganini e'lon qildi. Shartnoma 2031-yilga qadar mo'ljallangan va uni uzaytirish imkoniyati mavjud. ✍️
Diavara Fransiyaning eng iqtidorli yosh markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi. O'tgan mavsumda u «Trua»ga Liga 2 g'olibi bo'lish va elita divizioniga chiqishda yordam berdi hamda asosiy jamoa safida 17 ta o'yinda maydonga tushdi.
👕 «Milan»da yangi futbolchi 13-raqam ostida harakat qiladi.
«Rossoneri» oilasiga xush kelibsan, Sankxun! ❤️🖤