Radio Marca jurnalisti Valentin Diomande transferi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
⚪ Bir yil avval bu futbolchi Madrid yaqinida [Leganes safida] o'ynagan va 20 million yevroga sotilgandi. Bir mavsum o'tib, Real Madrid u uchun 120 million yevro to'lamoqchi... Madrid uni shunchalik yaqin bo'lganida qanday qilib qo'ldan chiqargan?!
⚪ Madrid bu qadar katta mablag'ni Diomande uchun sarflashi kerakmi? Agar o'tish amalga oshsa, u klub tarixidagi ikkinchi eng qimmat futbolchiga aylanadi. Shu bilan birga, hozirgi holatida u tayyor o'yinchi emas. Uning kamchiliklari bor, balki kelajakda ularni tuzatishi mumkin.
Ya'ni, klub ma'lum bir tavakkalchilikka bormoqda. Bu bitim ko'proq pulga to'lib-toshgan APL klublarining transferlariga o'xshaydi.
⚪ Diomande klubga Vinisiusni almashtirish uchun kelyaptimi yoki shunchaki hujumni kuchaytirish uchunmi?
Birinchi variant uchun ham ijobiy, ham salbiy tomonlar bor. Hozirda Vinisius ancha yetuk futbolchi. Biroq, Diomande Mbappe va Bellingem bilan yaxshiroq til topishishi mumkin, chunki u o'ng qanotda o'ynab, chap qanotda ko'proq bo'shliq qoldiradi.
Agar Diomande faqat hujum chizig'ini kuchaytirish uchun kelayotgan bo'lsa, bu ajoyib kelishuv. Uning transferi yuqori narxga bo'lsa-da, hujum tarkibini shakllantirishda katta yordam bergan bo'lardi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!