📰 AS (XFD) | "Madrid"da Tchuameni hozir ham, kelajakda ham jamoaning juda muhim futbolchisi deb hisoblashadi.
Odatda "qaymoqranglilar" qiziqish bildirgan har qanday klubga "Madrid"ning har bir o'yinchisi o'z narxiga ega ekanligini ma'lum qilishadi. Biroq 26 yoshli fransiyalik futbolchi borasida bunday holat hech qachon yuz bermagan.
Shu sababli "Real Madrid" Tchuameni bilan shartnomani 2031-yilga qadar uzaytirdi.
📝 Fabritsio Romano (insayder): "Mourinyu Tchuamenini "Madrid"da olib qolish uchun qattiq turib oldi. Murabbiy tayanch yarim himoyachisini jamoadan ketkazishni istamadi.
Mourinyu Tchuamenini aynan klubda ko'rishni istagan futbolchi deb biladi: jangchi, ajoyib mentalitet va yuqori jismoniy ko'nikmalarga ega futbolchi".
📝 Rodra (ESPN muxbiri): "Mourinyu Tchuameni bilan suhbat o'tkazdi va unda fransiyalik futbolchiga jamoaning asosiy o'yinchisi bo'lishini aytdi".
🖥 The Athletic (Ornshteyn) | Tchuameni "Madrid" bilan shartnomani 2031-yilga qadar uzaytirib bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!