📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero: "Vinisius shuni tushunishi kerakki, u Mbappe darajasida maosh ololmaydi.
"Madrid" vakillarining xabar berishicha, klubda kelasi yozda shartnomasi yakunlanadigan Vinisius bilan kelishuvni uzaytirishda muammo bo'lmaydi. Futbolchining atrofidagilar uning "Madrid"da qolishni istayotganini aytishmoqda... Biroq muzokaralar oldinga siljimayapti.
Vinisius o'zining moliyaviy talablarini pasaytirishi kerak, chunki "Real Madrid" - dunyodagi eng yaxshi joy. Agar sen allaqachon boy bo'lsang, moliyaviy sabablar tufayli "Real Madrid"ni tark eta olmaysan, bu absurd!
Vinisiusga qanday maslahat bergan bo'lardim? Hayotdan zavqlan va "Madrid"da qol, chunki sen sovrinlar yutishda davom etish uchun dunyoning eng yaxshi klubidasan.
Qanday bo'lmasin, "Real Madrid" allaqachon harakatni boshlab yuborgan. Diomande bilan shartnoma imzolash - Vinisius uchun aniq signal. Bunday qimmat transfer faqat klub Vinisiusning ketish ehtimolidan o'zini sug'urtalayotgan bo'lsa, mantiqqa ega bo'ladi.
Shu bois, hatto Vinisius shartnomani uzaytirmaslikka va "Real Madrid"ni erkin agent sifatida tark etishga qaror qilsa ham, Diomande bir mavsum davomida tajriba orttirib, asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi.
Shunga qaramay, Vinisiusning vakillari u "Madrid"ni erkin agent sifatida tark etishni istamasligini allaqachon bildirib o'tishgan. Agar Vini jamoani o'zgartirishga qaror qilsa, u "Madrid" uning transferidan pul ishlashini xohlaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!