Roma o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda, ammo transfer bozori biroz sekinlashgan. Hozirda asosiy e'tibor Diego Moreira va Krisensio Sammervillga qaratilgan, biroq muzokaralar turli to'siqlar sababli qiyin kechmoqda. Gasperini tarkibni kuchaytirmoqchi, ayniqsa Chelikning kutilmaganda Yuventusga o'tib ketishi murabbiy rejalarini o'zgartirib yubordi. Bu yo'qotish qanotlarda bo'shliq paydo qildi.
Matbuot xabarlariga ko'ra, Moreira Gasperini uchun asosiy nishonlardan biri bo'lib qolmoqda. Strasbur futbolchisi o'zining universal xususiyatlari bilan ajralib turadi va Roma uni tezroq o'z safiga qo'shib olmoqchi. Muammo futbolchining o'zida emas: u bilan yiliga 2 million yevro maosh borasida kelishuvga erishilgan. Biroq, Il Romanista ma'lumotiga ko'ra, Strasbur 60 million yevro atrofida mablag' talab qilmoqda va bu kelishuvni sekinlashtirmoqda.
Sammervill bilan vaziyat esa biroz boshqacha. Roma Vest Xem bilan 45 million yevro (bonuslar bilan) evaziga kelishib olishiga ishonmoqda. Biroq, muammo futbolchining maosh talablarida. Niderlandiyalik futbolchi yiliga 6 million yevro so'ramoqda, Roma esa jamoadagi moliyaviy balansni saqlash uchun 4-5 million yevrodan ortiq maosh bermoqchi emas. Futbolchi ta'tildan qaytgach, yakuniy qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Gasperini Chelikning ketishi va Grinvud masalasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng transferlarni tezlashtirishni istamoqda, ammo hozircha aniq qadam tashlanmadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!