GeGlobo portali xabariga ko'ra, «Roma» ayni damda «Fulxem» sharafini himoya qilayotgan braziliyalik vinger Kevinni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan va uni poytaxtga olib kelish uchun dastlabki taklifni yuborgan.
Biroq urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Ma'lum qilinishicha, «Fulxem» «Roma»ning 50 million yevro atrofidagi (bonuslar bilan birga) taklifini rad etgan. Angliya klubi Kevinning transfer qiymati kelajakda yanada oshishiga ishonmoqda. Shunga qaramay, ingliz klubining rad javobi muzokaralar yakunlanganini anglatmaydi: «Roma» hujum chizig'ini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqishda davom etayotgani sababli, tomonlar o'rtasida kelgusida yangi aloqalar va muzokaralar qayta tiklanishi istisno qilinmayapti.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!