📰 La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Roma" Endrikni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Bunda "Real Madrid" futbolchini qaytarib sotib olish bandini saqlab qolishi ko'zda tutilgan.
"Roma" sport direktori bitim imkoniyatlarini o'rganish uchun Ispaniya poytaxtiga yo'l oldi.
Hozircha "qirollik klubi" 20 yoshli hujumchining ketishiga rozi emas. Biroq "Roma" Endrikni o'z safiga qo'shib olishdan juda manfaatdor va muzokaralarni oxirigacha davom ettirmoqchi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!