📻 Cadena SER xabariga ko'ra, Rodri "Real Madrid"ga o'tishdan mamnun bo'lar edi. Biroq, "qaymoqranglilar" 30 yoshli tayanch yarim himoyachisini tarkibga qo'shib olishga shoshilishmayapti.
📝 Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra:
Rodri va "Real Madrid"? Bu haqda juda yaqin orada gaplashamiz. Madridliklar transfer bozorida yana 4-5 ta harakatni amalga oshirishadi.
Klub o'tgan hafta Rodrining agentlari bilan bog'langan. Tomonlar Peresdan rozilik kutishmoqda, shundan so'ng "Madrid" "Manchester Siti" bilan muzokaralarni boshlaydi.
Ispaniyalik futbolchiga "PSJ" qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga kelsak, ehtimol, parijliklar bu xabarlar orqali Diomande transferi barbod bo'lgani uchun o'ch olib, "Madrid"ning Rodrini qo'lga kiritishiga to'sqinlik qilmoqchi bo'lishayotgandir.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!