Rodri va 'Real Madrid' o'rtasidagi transfer mish-mishlari haqida nimalar ma'lum?
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 10

Rodri va 'Real Madrid' o'rtasidagi transfer mish-mishlari haqida nimalar ma'lum?

🖥 The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, «Real Madrid» Rodrini o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda. Futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish muammo tug'dirmasligi kutilmoqda.

Biroq, «qirollik klubi»ning «Manchester Siti» bilan muzokaralari hali yakuniga yetgani yo'q. Qolaversa, inglizlar 30 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo hozircha undan ijobiy javob olgani yo'q, chunki o'yinchi «Madrid»ga o'tishni istamoqda.

Shu bilan birga, «Siti»da Rodrini yana bir mavsumga olib qolish ehtimoli ham istisno qilinmayapti, hatto uni kelasi yili tekinga yo'qotib qo'yish xavfi bo'lsa ham.

📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra: «Ayni damda «Manchester Siti» «Madrid»dan Rodri bo'yicha hech qanday rasmiy taklif olmagan.

Peres hali ispaniyalik futbolchining transferiga o'z roziligini bermagan»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!