📻 Cadena SER xabariga ko'ra, Real Madrid Rodri transferi bo'yicha muzokaralarda muvaffaqiyatli odimlamoqda. Madridliklar 30 yoshli tayanch yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini optimizm bilan baholashmoqda.
Garchi Barselona Rodri bilan qiziqayotgan bo'lsa-da, futbolchining ustuvor maqsadi aynan Real Madridga o'tish hisoblanadi.
📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra: Madrid Manchester Siti bilan Rodri transferi bo'yicha rasmiy muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar kelishuv ustida ishlamoqda va futbolchining o'zi ham transferga qiziqish bildirmoqda.
O'tgan hafta Siti jarayonni sekinlashtirishga va Madrid bilan kelishuvni yakunlamaslikka qaror qildi, chunki ular kurashga boshqa jamoalar ham qo'shilishi mumkin deb hisoblashmoqda. Xususan, inglizlar Barselona ham poygaga kirishishini taxmin qilishyapti.
Endi hammasi Rodriga bog'liq: u kataloniyaliklarga imkoniyat beradimi yoki o'z klubiga faqat Real Madridga o'tishni istayotganini ma'lum qiladimi. Avvalroq yarim himoyachi aynan Madridni o'z faoliyatini davom ettirish uchun eng ma'qul variant deb atagan edi.
📻 Onda Cero ma'lumotiga ko'ra, Madrid Rodri transferi masalasida sabr va xotirjamlik saqlab qolmoqda. Ham klub, ham futbolchi ushbu kelishuv amalga oshishini istashmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!