Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Rodri hamon «Real Madrid» safida o'ynashni orzu qiladi. Biroq 30 yoshli yarim himoyachining «qaymoqranglilar» safiga o'tishi Florentino Peresga bog'liq. Hozircha hech narsa o'zgarmadi: klub prezidenti ushbu transferga o'z roziligini bermagan.
Shu bilan birga, Rodri «Manchester Siti»dan shartnomasini uzaytirish bo'yicha taklifga ega. «Shaharliklar» futbolchi bilan yangi bitim imzolashga umid qilishmoqda.
Cope ma'lumotiga ko'ra, «Madrid» klubi transfer oynasi davomidagi ishlarini yakunlangan deb hisoblamaydi. «Sliqmoqranglilar» yangi futbolchi xarid qilish imkoniyatini baholash uchun transfer bozorini diqqat bilan kuzatib borishadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!