📰 AS xabariga ko'ra, "Madrid" vakillarining bir qismi yozgi transfer oynasini Rodrini 60 million yevro evaziga tarkibga qo'shib olish uchun qulay fursat deb hisoblamoqda. Tayanch yarim himoyachisi ham "qirollik klubi"ga o'tishga tayyor.
Shunga qaramay, ayni damda "Madrid" Ispaniya terma jamoasi sardorini transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti. Mourinyu klub boshqa profilga ega yarim himoyachini sotib olishini istamoqda.
📻 Pulido (Cadena SER jurnalisti):
Agar Peres Rodrini sotib olishni istamasa, chunki u saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rikelme bilan kelishib olgan bo'lsa, unda Florentino bu bilan futbolni tushunmasligini, saviyasizligini va takabburligini namoyish etmoqda.
📻 Cope ma'lumotiga ko'ra, Rodrining "Real Madrid"ga o'tish ehtimoli mavjud. Ko'rinishidan, futbolchining o'zi "Madrid"da to'p surishdan manfaatdor. Endi "Manchester Siti" uni sotishga tayyormi yoki yo'q, shuni tushunish kerak.
📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
Rodri "Real Madrid"ga o'tishni juda qattiq istamoqda. "Qirollik klubi"da o'ynash – uning orzusi, shuningdek, oila a'zolarining ham xohishi.
Yarim himoyachi "Siti" bilan shartnomani uzaytirmayapti, chunki "Madrid"dan taklif kutmoqda. Madridliklar esa uning jamoaga qo'shilishga ishtiyoqi balandligini bilishadi.
Ayni damda futbolchining vakillari Peresdan "yashil chiroq" kutishmoqda. Hozircha bu yo'q va yakuniy qaror aynan unga bog'liq.
Ammo "Siti" 30 yoshli futbolchi uchun katta mablag' talab qiladi. Peres rozi bo'lgan taqdirda ham, "Madrid" inglizlarning moliyaviy talablarini qondira oladimi yoki yo'q, bu hozircha noma'lum.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!