Rodri "Real Madrid"ga o'tishi mumkinmi?
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 17

Rodri "Real Madrid"ga o'tishi mumkinmi?

Matteo Moretto xabariga ko'ra, "Madrid" Rodri transferi borasidagi pozitsiyasini qayta ko'rib chiqishga qaror qildi. Endilikda "qaymoqranglilar" direktorlar kengashining bir qismi futbolchining jahon chempionatidagi yorqin o'yinini inobatga olib, tayanch yarim himoyachisini tarkibga qo'shib olishni talab qilmoqda.

Rodrining o'zi Ispaniyaga qaytishga tayyor. Bu har doim uning ustuvor maqsadi bo'lib kelgan. "Manchester Siti" 30 yoshli futbolchiga shartnomasini uzaytirish bo'yicha katta moliyaviy taklif bilan chiqqan bo'lsa-da, ispaniyalik futbolchi klubga hali javob bermadi. Shu boisdan, endi Peresning Rodrini "Real Madrid"ga o'tishi borasidagi pozitsiyasini aniqlashtirish kerak, chunki bir necha hafta oldin u bu imkoniyatni rad etgan edi.

Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra, Rodri Ispaniyaga qaytishni istaydi. Futbolchi bir necha oydan beri "Real Madrid"ga o'tishni orzu qilmoqda. Shuningdek, u aprel oyida "Manchester Siti"dan shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif olgan.

Shu bilan birga, Peres yozgi transfer oynasida Rodrini sotib olish imkoniyatini yoki har qanday muzokaralarni doimo bloklab kelgan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!