Rodri "Real Madrid"ga o'tishga yaqin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 15

Rodri "Real Madrid"ga o'tishga yaqin

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti): "Real Madrid" Rodri bilan 4 yillik shartnoma shartlarini kelishib oldi. Tayanch yarim himoyachisi "qirollik klubi"ga o'tish uchun maoshini kamaytirishga rozi bo'lgan.

Shu bilan birga, "Madrid" hali "Manchester Siti" bilan muzokaralarni boshlagani yo'q. "Shaharliklar" Rodri uchun taxminan 80 million yevro talab qilishi kutilmoqda, "Madrid" esa bitimni 60 million yevro evaziga yakunlamoqchi. Tomonlar transfer summasi bo'yicha kelishib olishlari kerak bo'ladi.

📰 Ronsero (AS gazetasi direktori o'rinbosari):

Rodri "Real Madrid"ga o'tishni juda istamoqda. O'ylaymanki, agar klub uni sotib olsa, jamoa barcha sovrinlarni qo'lga kirita oladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!