Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Florentino Peres Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirishni zarur deb hisoblamoqda. Madrid klubi prezidenti braziliyalik futbolchini katta mablag' evaziga sotib yuborish uchun emas, balki uni jamoaning asosiy o'yinchisi sifatida saqlab qolish maqsadida yangi bitim imzolamoqchi.
Joze Mourinyu vinger bilan suhbatda muvaffaqiyatsiz yakunlangan JCHdan so'ng yangi sahifa ochish vaqti kelganini ta'kidladi. Madridning yangi ustozi Vinisiusga Braziliya terma jamoasidagi omadsizlikda o'zini aybdor his qilmasligi kerakligini, chunki aynan u jamoaning haqiqiy saviyasiga mos o'yin ko'rsatganini aytdi.
Mourinyu Vinisiusni Madridda uni yangi ajoyib chaqiriqlar kutayotganiga ishontirdi. Murabbiy ham, futbolchi ham bo'lib o'tgan suhbatdan mamnun qolishdi.
Madridliklar futbolchining vakillari bilan bo'lgan so'nggi telefon suhbatlaridan so'ng shartnomani uzaytirish imkoniyatlariga nisbatan juda optimistik qarashmoqda. Klubda Vinisius jamoada qolishni istayotganiga ishonishadi. Shuningdek, futbolchining agenti va unga yaqin shaxslar Madrid rahbariyatini tinchlantirishgan.
Shu bois, hozirda Madridda Vinisius ta'tildan qaytishi bilanoq yangi shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!